Media xizmatlari
Videongizni
biz chiqaramiz
Gʻoyadan tayyor rolikgacha. Suratga olish, montaj, ovoz va subtitr — hammasi bitta jamoada. Andijon viloyati boʻylab ishlaymiz.
01 — Xizmatlar
Nima
qilamiz
Reklama roligi
Ssenariy, suratga olish, montaj, ovoz va grafika. Instagram, Telegram va YouTube uchun alohida oʻlchamda beriladi.
Sahifani yuritish
Oyiga kontent rejasi, suratga olish kuni, montaj va joylash. Sahifa boʻsh qolmaydi — jadval boʻyicha chiqadi.
Tadbir va reportaj
Toʻy, ochilish, konferensiya. Bir necha kamera, oʻsha kuni qisqa versiya, keyin toʻliq montaj.
Faqat montaj
Oʻzingiz suratga olgan materialni tayyor holatga keltiramiz: rang, ovoz, subtitr, grafika.
02 — Tartib
Qanday
ishlaymiz
Suhbat
Nima kerakligini va qachonga kerakligini aniqlaymiz. Narx shu suhbatdan keyin aytiladi — ish hajmiga qarab.
Syomka kuni
Sana kelishiladi. Kamera, yorugʻlik va ovoz bizdan.
Birinchi dubl
Montajning birinchi versiyasini koʻrasiz. Tuzatish kiritasiz — bu bosqich narxga kirgan.
Final cut
Tayyor fayllar barcha oʻlchamda topshiriladi.
03 — Buyurtma
Ishni
boshlaymiz
Loyihangizni ayting — bir kun ichida taklif va narx beramiz.