Tizimlashtirish

Daftar va
guruh chati emas

Buyurtma qaysi bosqichda, kim nima qildi, oy oxirida qancha chiqdi — bularning javobi eslab qolishga emas, dasturga bogʻlanadi.

01 — Nimani hal qilamiz

Tanish
muammolar

01

Buyurtma yoʻqoladi

Guruh chatida yozilgan, kim olganini hech kim bilmaydi. Yechim: har buyurtma raqam oladi, egasi va muddati bor.

02

Hisobot qoʻlda yigʻiladi

Oy oxirida hamma kalkulyator bilan oʻtiradi. Yechim: raqam oʻz-oʻzidan chiqadi, istalgan kun kesimida.

03

Xodim nima qilganini eslab boʻlmaydi

Kim keldi, kim ketdi, kim topshirdi. Yechim: davomat va topshiriq telefondan belgilanadi, tarix saqlanadi.

04

Mijoz bazasi boshning ichida

Kim nima olgan, qachon qaytgan. Yechim: bitta baza, qidiruv va tarix bilan.

02 — Nima quramiz

Ish
quroli

01

Telegram bot

Mijoz buyurtma beradi, xodim topshiradi, rahbar koʻradi — hammasi odam kunda ochadigan ilovada.

02

Boshqaruv paneli

Brauzerda ochiladigan panel: roʻyxat, filtr, holat oʻzgartirish, Excelga yuklash, huquqlar boʻyicha ajratish.

03

Avtomat hisobot

Kunlik va oylik xulosa oʻzi yigʻiladi va kerakli odamga yuboriladi.

04

Sayt va ariza shakli

Ariza toʻgʻridan-toʻgʻri bazaga tushadi va javobgar odamga biriktiriladi.

03 — Qoida

Ikkita
shart

01

Kichikdan boshlanadi

Butun biznesni bir zarbada koʻchirmaymiz. Eng ogʻriyotgan bitta joydan boshlaymiz — ishlagani koʻringach, keyingisi qoʻshiladi.

02

Maʼlumot sizniki

Baza sizga tegishli. Zaxirasi olinadi va kerak boʻlsa toʻliq beriladi.

04 — Boshlash

Muammoni
ayting

Nima ishlamayotganini yozing. Birinchi suhbat — bepul, undan keyin aniq taklif beramiz.